1 yilda PR mutaxassisi boʻlish siri
PR koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha bepul 1 yillik kurs
Misol, foydali maqola va gaydlardan iborat 60+ vazifalar

1-vazifa
Kalendarga vazifalarni bajarishni rejalashtiring, bu holda siz boʻshashmay uni aniq oʻz vaqtida bajarasiz!
Haftasiga hech boʻlmaganda 1 ta vazifa bajarishga odatlaning.

2-vazifa
Ish joyi, professional profilingiz va siz keltirayotgan foydani aks ettiradigan tarjimai holingizni shakllantiring. Uni ijtimoiy tarmoqlaringizda va ochiq akkauntlaringizda joylashtiring.
Bu siz aloqa qiladigan jurnalist va hamkorlaringiz uchun qulaylik yaratadi.

5-vazifa
Kasbiy tajriba va sohangiz bilan bogʻliq boʻlgan kelasi yil tadbirlarini toping. Tasavvur qiling, siz ularga spiker sifatida taklif qilingansiz. Ma'ruza mavzulari, auditoriya va kompaniyangizga foydali boʻladigan tadbirlarni oʻylab toping. Asosiy gaplarni belgilab oling. Tashkilotchilarni toping va ularga mavzularni taklif qiling.
Agar siz soʻzga chiqmasangiz, unda buni tashkilotingiz spikeri uchun tayyorlang.
Biz mana shunday kalendar tuzdik.
6-vazifa
Bayram kunlari aks etgan kalendarlar saytini oching va a) muhim tadbir va OAV uchun maqolalar generatori boʻlgan b) maqsadli auditoriyangiz, sohangiz yoki kompaniyangizga aloqador hisoblangan yiliga kamida 10 kunni aniqlashtirib oling.
Ushbu kunlarning har biri uchun kompaniyangizni targʻib qilishda yozishingiz mumkin boʻlgan maqolalar mavzularini yozib chiqing. Ushbu maqolalarni qaysi kanallarga taklif qilishingizni oʻylab koʻring. Uni taqvimingizga qoʻying.
Bu PR vositani nyusjeking yoki vaziyatli PR deyishadi. U haqida mana bu yerda oʻqing.
7-vazifa
Siz ishlayotgan barcha mamlakat va madaniyatlar uchun muhim boʻlgan bayramlar roʻyxatini tuzing. Har bir bayram va mamlakat/madaniyat uchun kartochkalar tayyorlang (dizayner yoki SIga topshiriq bering). Matnlarni til va madaniyat “tashuvchilari” tomonidan tekshirtiring. Ijtimoiy tarmoqlarda yuboriladigan xatlarni, postlarni rejalashtiring.
Natijada siz uchun fikri muhim boʻlganlar soni qanchalik koʻp ekanligini bilasiz.

8-vazifa
Oʻz keyslaringizni berishingiz mumkin boʻlgan tarmoq mukofotlari roʻyxatini tuzing. 1 yildan oshmagan keyslarni tanlang. Ularga nominatsiyalarni toping, byudjetni belgilang, oʻtkazish grafigini shakllantiring va eng yaxshi loyihalarni e'lon qiling.
Keysni qanday ta'riflash lozim.
9-vazifa
Soʻzlashni oʻrganing. YouTube’dan nutq texnikasi boʻyicha video, nutq va ritorika boʻyicha onlayn kurs toping, har kuni oddiy nafas olib bajariladigan mashqlarni va artikulyatsiya qilishga odatlaning.
Bu sizning audio imijingizni yanada jozibador qiladi.

10-vazifa
Kompaniyangizning savdo boʻlimidan uchrashuv tashkil etishni soʻrang. Ular sizga savdo hunini (voronkasini) chizib berishlari va eng murakkab kechadigan bosqichlar haqida ma'lumot berishsin. Qaysi mijozlarda?
Maqsadli auditoriyangizga ushbu bosqichlarni osonroq oʻtishga yordam beradigan mavzularni hamda kanallarni yozib oling. Sizga qaysi ma'lumotlar yetishmayapti? Ularni qayerdan olishingiz mumkin?
Ushbu maqolalarni rejalashtiring.

12-vazifa
Oʻz jurnalistlar bazangizni yarating. Har bir satrni koʻzdan kechiring va u yerdagi ma'lumotning qanchalik dolzarbligini tekshiring. Lozim boʻlsa, tuzatish kiriting. Har bir jurnalistga boʻlim muharririni toping (agar unday boʻlsa). Bazaga qoʻshing.
Bu amaliyotni doimiy asosda qoʻllang, masalan, bir chorakda bir marotaba.

14-vazifa
Jurnalistlar roʻyxati uchun tugʻilgan kunlar roʻyxatini tuzing. Siz bilgan har bir inson haqida bir nechta muhim soʻzlarni yozing. Uncha yaqin boʻlmaganlar uchun umumiy va yaqinlar uchun batafsilroq tabriknomalar tayyorlab qoʻying.
Messenjer yoki pochtada yuborishni rejalashtiring.

15-vazifa
Kitoblar oʻqing. Kitoblar soni boʻyicha 1 yilga reja tuzing. Oʻqimoqchi boʻlgan kitoblar roʻyxatini shakllantiring. Faqat biznes kitoblar boʻlishi shart emas. Sizga yoqqan fikrlarni qogʻozga tushurib boring. Kitobni tugatgach, sharh yozing.
Bu sizga nafaqat oʻqiganlaringizni eslab qolish va tushunish, balki ijtimoiy tarmoq uchun kontent yaratib, sizni yaxshi tomondan koʻrsatishga imkon beradi.

16-vazifa
Oʻz jurnalistlar roʻyxatingizni oling, ularni ijtimoiy tarmoqlarda toping, hammasiga a'zo boʻling.
Bu sizga ular qanday kontekstda yozishligini tushunish va ular bilan aloqani mustahkamlashga imkon beradi.

17-vazifa
Hamma oldingi yilgi PR hisobotlaringizni yigʻing va ulardan 1 tadan koʻp keys tayyorlang. Ularni ilgari surish uchun qaysi kanallardan foydalanishingizni oʻylab koʻring.
Nimaga ular?
Materiallar rejalarini tuzing va ushbu keyslarni ushbu kanallarda chop etish yoʻlini toping.

18-vazifa
19-vazifa
Sizni professional va kompaniyangizni professional yetishib chiqadigan joy qilib koʻrsatadigan professional postlar mavzularini oʻylab koʻring va yozing. Kamida chorak uchun. Bu sizning standart kontentingizga qanday mos kelishi haqida oʻylab koʻring. Ushbu postlarda taxminan nima berilishini yozib oling. 1-2 ta tayyor post yozing.
Materiallarni rejalashtirib qoʻying.
Bunga bir oyda kamida 1 marta qayting.

20-vazifa
Faoliyatingiz toʻgʻrisida hisobot tayyorlashdan oldin kompaniyadagi ishingiz kimga foyda keltirishi haqida oʻylab koʻring. Hisobotga qilingan ishlar ular uchun qanchalik foydali ekanligini tushunishga yordam beradigan ma'lumotlarni kiriting. Uchrashuv belgilashni soʻrang va unga tayyorgarlik koʻring.
Hisobot va ishingizni “soting”. Qayta aloqa oʻrnating. Bu bilan keyin yana nima qilishni xohlayotganingizni oʻylab koʻring.

21-vazifa
Oʻtgan chorak uchun hisobotlaringizni oling, barcha maqolalarni koʻrib chiqing. Qamrov va oʻzaro ta'sirlarni oʻlchang. Nima uchun ular bunday ekanligi haqida oʻylab koʻring. Qanday qilib yaxshiroq natijalarga erishish mumkinligi haqida 5 ta fikrni yozing. Bunga qanday erisha olardingiz? Siz boshqa takrorlamaydigan 5 ta misolni yozing.
Nima uchun?
Chorakda bir shunday qiling.

22-vazifa
Oʻtgan chorak uchun hisobotlaringizni oling, barcha maqolalarni koʻrib chiqing. Ularning qaysi birida xabaringiz imkon qadar toʻliq yetkazilgan va qaysi birida notoʻgʻri?
Xabarlar aniqroq yetkazilishi uchun pitchlarda, jurnalistlar bilan ishlashda yoki materiallar tayyorlashda nimani oʻzgartirish kerakligini oʻylab koʻring. Bunga qanday qadamlar bilan erishishingiz mumkin?

23-vazifa
Oʻtgan chorak uchun hisobotlaringizni oling, barcha maqolalarni koʻrib chiqing. Har biri kompaniyangizga biznes maqsadlarga erishishga qanchalik yordam berishiga qarab 1 dan 5 gacha boʻlgan ballarni qoʻyib chiqing (obroʻ-e'tibor, sotuvlar, kompaniya narxi va h.k.).
Oʻylab koʻring, bu bilan nima qilmoqchisiz?

24-vazifa
PR faoliyatingizni optimallashtirish uchun turli xil aloqa strategiya modellarini oʻrganing.
Biz PESOni sevamiz, u haqda bu yerda oʻqishingiz mumkin.
Modellar koʻp, oʻzingiznikini tanlang va PRdan maksimal foydalaning.
25-vazifa
Oʻtgan tadbir ma'lumotlari boʻyicha press-reliz yozing. Eski va yangi press-relizni yonma-yon qoʻying. Nima oʻzgardi? Sizga qaysi biri koʻproq yoqdi? Nima uchun?
Bu sizga nimani oʻrgatdi?

26-vazifa
Press-reliz koʻnikmasini charxlash vaqti keldi. “A dan YAgacha press-relizlar” kitobini oʻqing, ishingizda qoʻllaydigan 10 ta insaytni yozib oling. Ushbu insaytlarni qoʻllab, reliz yozib koʻring. Masalan, Qozogʻiston shaharlarining birida Navroʻzni qanday nishonlashgani haqida. PR-kurs chatida natijasini muhokama qiling.
27-vazifa
Tahlil uchun xabar yarating. Tahlilchilaringizdan mijozlar haqidagi ma'lumotlardan qandaydir xulosa soʻrang. Qonuniyatlarni toping va ulardan mavzu oʻylab toping. Misol uchun, ”Pandemiya boshlangach, odamlar koʻproq eya boshladilar” - agar sizda oʻrtacha oziq-ovqat buyurtmasi haqida ma'lumot boʻlsa.
Oʻz tahlilingiz boʻlmasa, qoʻrqinchlik emas. Onlayn soʻrov oʻtkazing yoki ochiq manbalardan tahlillarni oling va sharhlang.

28-vazifa
Ishda bilvosita yordam berayotgan vositani professionalroq darajada oʻzlashtiring (excel, google alert, bepul taqdimot resurslari imkoniyatlari) va bunga hamkasblarni ham oʻrgating.

29-vazifa
Yil davomida chop etilgan barcha maqolalarni toʻplang. Sherik yoki manfaatdor tomonlaringizdan qaysi biriga qancha ish qilinganligini bilish foydali? Dayjest yarating. Uni kim uchun muhim boʻlsa, oʻshalarga yuboring/yetkazing/taqdim eting. Dayjest ijtimoiy tarmoqlardagi postga tortyaptimi? Keyslargachi? Mukofotgacha?
Olgʻa.

31-vazifa
Oʻtgan chorakda shov-shuv boʻlgan 5 ta holatni toping. Masalan, TikTok, ClubHouse yoki ChatGPT. Ulardan hoziroq oʻzingiz yoki kompaniyangiz uchun foydalanishni boshlang. Nima ishlayotganini va nima ishlamasligini oʻzizda sinang, buni tijorat loyihasi uchun qanday qoʻllashni oʻylab toping, kerakli natija va samara, byudjet va resurslar haqida fikrlab koʻring.
Bundan qanday keys chiqadi? Bu bilan rahbariyatga bora olasizmi? Boring.

32-vazifa
“Koʻrish” qobiliyatini rivojlantiring, piar, reklama va marketing olamiga har tomonlama shoʻngʻing. Bu koʻnikma “bilimlarning ichki bazasini” toʻldirib, nima uchun qaysidir mahsulotlar boshqasidan yaxshiroq ishlashini anglash, trendlarni tushunish, gʻoyalarni tezroq shakllantirish, vazifalarga kutilmagan yechim topishga yordam beradi.
Koʻrish qobiliyati qanday rivojlantiriladi?
- Vizual tajribani oshiring: miyangizni yangi va chiroyli unsurlar bilan boyiting.
- Kreativ kechalardan yangi shaxslar bilan tanishing. PR va reklama bozorida nima boʻlayotgani borasida axborot almashinuvi aynan oʻsha yerda yuz beradi.
- Ijtimoiy tarmoqlarda vaqtni unumli oʻtkazing. PR mutaxassislari, prodakshnlar, agentliklar akkauntlarini kuzating, fikr yetakchilariga obuna boʻling.
- Foydali resurslarni oʻrganishga vaqt ajrating: kitoblar oʻqing, filmlar koʻring va malakangizni oshiring.
Va eng muhimi, ijodiy salohiyatingizni maksimal darajada oshiring: nutq va muloqot qobiliyatingizni rivojlantiring, aktyorlik va oʻquv kurslariga qatnang va fikrlaringizni kreativlikka yoʻnaltiring.
33-vazifa
OAVning 7 ta telegram kanaliga obuna boʻling. Bu dunyo va sohaning asosiy voqealari, global tendensiyalar va tahririyat xodimlarining fikri bilan tanishishning eng qulay va tezkor usullaridan biridir.
Tahririyatimizning telegram kanaliga obuna boʻling va PR, marketing va reklama mavzularidagi materiallar anonslari bilan birinchilardan tanishing!
35-vazifa
Tartib haftasi. Loyihalar yuritish vositasini tanlang, unga barcha vazifalaringizni kiriting va muddatlarni qoʻying.
Vositalar juda koʻp, biz sizga Notion (katta funksionallik, loyihalarni yuritish, grafikalar qoʻshish imkoniyati), Todoist (juda oddiy vazifa menejeri) yoki Trello (biroz kengaytirilgan vazifa menejeri)ga e'tibor qaratishni maslahat beramiz.
36-vazifa
SEO tahlilning bepul vositasini toping. Asosiy raqobatchilaringiz qaysi kalit soʻzlardan topilishini tahlil qiling.
Matnlaringizda siz qoʻllamaydigan, ammo qoʻllash maqsadga muvofiq boʻlgan soʻzlarni haqida oʻylang.

37-vazifa
Tahlil haftasi. Ishingiz biznesga qanchalik ta'sir qilayotganini Google Analytics hisobotlari va Yandeks.Metrikada koʻrsa boʻladi. Agar sizda undan foydalanish imkoniyati boʻlmasa, uni kompaniya marketologidan soʻrang. Siz qilgan ish sayt statistikasida qanday aks etganini tekshiring.
Agar foydalanish imkoni boʻlmasa, Google Trends/WordStat qidiruv tizimlarini koʻring. Xulosa qiling.

38-vazifa
Oʻzingiz/mijozingizning maqolasi qaysi 3 ta mediada chop etilishini xohlashingizni yozing. Avval bunga nima toʻsqinlik qilganini oʻylab koʻring, kerakli rukn va mavzularni hamda ularning jurnalistlarini tahlil qiling va buning asosida mavzular roʻyxatini tuzing. Birinchi martadan oʻxshamadimi?
Nima uchunligini yozib oling. Bu toshni charxlashni davom eting. Birinchi martadan boʻlmasada, buni albatta uddalaysiz.

40-vazifa
Oʻtgan yil davomida yaratgan va turli sabablarga koʻra chop etilmagan barcha kontentingizni toʻplang. Maqsadlaringizga erishishda u yanada dolzarb boʻlishi uchun bugun uni qanday oʻzgartirish kerakligini oʻylab koʻring.
Nimani oʻzgartirish koʻproq, nimani oʻzgartirish kamroq vaqt talab qiladi? Undan qanday foydalanishingiz mumkin? Reja tuzing, kalendarga kiriting, chop etishni boshlang.

41-vazifa
Aloqa sohasidagi jahon mukofotlari gʻoliblari haqidagi maqolalarni toping va oʻqing. Mahsulotingizga moslashtira oladigan barcha gʻoyalarni yozib oling. Umuman boshqa biznes gʻoyalari sizda ham ajoyib natija berishi mumkin.
Masalan, Christmas calendar haqida eslang. Bu gʻoya xalq an'analaridan olingan va bir necha yillardan beri oʻyin, goʻzallik va boshqa sohalarda mashhur.

42-vazifa
Quyidagi kanallarga albatta obuna boʻling:
-
ITCOMMS – ITda PR, trend va keyslar
-
PR.UZ – Oʻzbekistondagi reklama haqida
-
Tribune.kz – Qozogʻistondagi marketing haqida
-
PR room – Qozogʻistondagi tarmoq hamjamiyatidan PR
-
Oʻzbekiston marketing assotsiatsiyasi – Oʻzbekistondagi marketing haqida
Marketing, PR, kreativlik boʻyicha 5 ta telegram kanalga a'lo boʻling. Odatda bunday kanallar trend voqealar yoki muhim xabarlar haqida birinchilardan yozishadi.

43-vazifa
Vaziyatga har xil tomondan qarashga oʻrganing. “Vinni Pux” multfilmi esingizdami? Bir qismida eshakcha Ia dumini yoʻqotgandi. Bu haqida yangilik yozing (sarlavha, lid, asosiy matn) va unga toʻrtta guvohning har biridan – ayiq, choʻchqacha, boyoʻgʻli, eshakchadan iqtibos qoʻshing (har bir iqtibos uchun kamida 500 ta belgi).
44-vazifa
Kompaniyangiz mahsulotining oʻzingizga notanish boʻlmagan kamida 10 ta foydalanuvchisini toping va ular bilan suhbatlashing. Savollarni shakllantiring, ularga javoblar sizga loyihalarni, mazmunni yaratishda yordam beradi (va balki mahsulotni umuman takomillashtirishda?).
Taxminiy savollar: nima uchun ular sizning mahsulotingizni tanladilar; sizning mahsulotingiz bilan ular qanday ehtiyojlarni qanoatlantiradi; mahsulotingizning qaysi kuchli va qaysi zaif tomonlarini sanab oʻtishlari mumkin; mahsulotingiz haqida qayerda oʻqishlari mumkin yoki oʻqiyotgandirlar va hokazo.

45-vazifa
PR va kommunikatsiya haqida kitobingizni yozishni boshlang. Buni oʻxshash mavzuda oʻnlab kitoblar yozilgan boʻlsa ham qiling. Sizning kitob – bu sizning kitobingiz. U, albatta, noyob boʻladi.

46-vazifa
Patlarni tarash haftasi. Garderobingiz va tashqi koʻrinishingizga stilistning koʻzlari bilan qarang. Potensial ish beruvchilar, sheriklar yoki tarmoq kechasida qanday timsolni yaratmoqchisiz? Kutilayotganlar haqiqatga yaqinmi?
Shunday boʻlsa, timsolingizni qanday yaratganingiz haqida post yozing. Agar yoʻq boʻlsa, uslubingizni toping va oʻzingiz yoki mutaxassislar yordamida imijingizni yarating. Ha, aytgancha, bu haqda post yozing :)

47-vazifa
Ushbu maslahatni mehnat ta'tilingizga qoldiring. Mehnat ta'tilida sizni qanday masalalar boʻyicha bezovta qilishi mumkinligini oʻylab koʻring. Ulardan qay birining oldini olish mumkin? Buni qiling.
Siz oldini ololmaydigan jihat qanchalik qaltis? Aniqmi? Tasavvur qiling, bu siz dam olayotganingizda bir haftacha kutib turadi. Chuqur nafas oling hamda pochta va telegramsiz mehnat ta'tiliga otlaning. Dam olish muhim!

48-vazifa
Sizga yanada obroʻli mutaxassis boʻlishga yordam beradigan ta'limni rejalashtiring. Balki bu SI, SMM yoki grafik dizayn boʻyicha kurslardir.

49-vazifa
Umuman noodatiy sohaga oid OAVni hafta davomida oʻqing (masalan, IT sohasida ishlasangiz madaniyat yangiliklarini oʻqing). Materiallarning qaysi formatlari va xabar turlarini ishingizda qoʻllash mumkinligini oʻylang.

50-vazifa
2025 yilga oʻsish rejasini tuzing. Rivojlantirmoqchi boʻlgan koʻnikmalaringizni, egallamoqchi boʻlgan bilimlaringizni, amalga oshirmoqchi boʻlgan loyihalaringizni yozing.

51-vazifa
Til oʻrganishni boshlang yoki davom eting. Ilova, soʻzlashuv klublari yoki kurslardan foydalaning. Til bilish nafaqat rezyumega ballarni qoʻshadi, balki miyani ham rivojlantiradi.

52-vazifa
YouTube bloki yoki telegram kanal yarating va uni faol yuriting. Ekspertlik haqida yangi maydonlarda gapirib bering.

53-vazifa
Kommunikasiya kurslarini ingliz tilida Coursera, Google, LinkedIN maydonlarida oʻting.
Bu orqali ingliz tilini bilish darajangizni koʻtarasiz va koʻpgina foydali maslahatlarni olasiz.

56-vazifa
PR keyslari va bilimlarining 5 ta muhim xorijiy yoki mahalliy manbalarini toping.
Ularga obuna boʻling va muntazam ravishda oʻqib boring hamda har safar oʻzingizdan soʻrang: "Buni ishimda qanday qoʻllashim mumkin?”

57-vazifa
Google Alerts monitoring va xabarnoma xizmatidan yoki sizni qiziqtirgan mavzularni kuzatishning boshqa usullaridan foydalanishni boshlang.
Google Alerts – bu bloglar, yangiliklar va ijtimoiy tarmoqlardagi eslatmalarni kuzatish uchun bepul funksional vosita.

59-vazifa
Mentorni toping. Bu PR sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan yoki kompaniyangiz faoliyat yuritadigan sohada yoki siz rivojlanmoqchi boʻlgan jabhada yutuqlarga erishgan shaxs boʻlishi mumkin. Sizga toʻgʻri kelishi mumkin boʻlgan odamlar, hatto siz murojaat qilishga qoʻrqadigan shaxslarning roʻyxatini ham yozing.
Ularga ijtimoiy tarmoqlarda obuna boʻling, har biriga qisqacha kirish va soʻrovingiz bilan potensial murabbiylik haqida xat yozing.

60-vazifa
Raqobatchilarni PRdagi faolligi nuqtai nazaridan oʻrganing, a) eng koʻp rezonansga sabab boʻlgan materiallarni va b) siz hech qachon ishlatmagan yondashuvdan foydalanilgan materiallarni toping - nostandart kollaboratsiya, kutilmagan storitelling, nostandart yondashuvlar yoki kanallar, mardonavor ijodkorlik va boshqalar.
Ushbu materiallarda siz uchun nima muhim boʻlib tuyulganini, ular sizga nimani oʻrgatishini va bu bilimlarni ishingizda qanday qoʻllashingiz mumkinligini yozing.

61-vazifa
Netvorkingni e'tibordan chetda qoldirmang. Notanish odamlar bilan muloqot qiling.
Qiziqishlar/qadriyatlar/soha boʻyicha hamjamiyatni toping. Balki bu biznes-klub, onlayn hamjamiyat boʻladi. Yoki Random coffee’ga kiring. Uchrashing va qiziqing.
LinkedIN orqali boshqa mamlakatlardagi professional hamkasblar bilan muloqot qiling.
Shu tarzda dunyoqarashingizni kengaytirasiz. Empatiya va kommunikatsion koʻnikmalar rivojlanadi.

62-vazifa
Foydalanuvchilarni ambasadorlarga aylantiring. Mijozlar bilan gaplashing va ularning roziligini olib, real insonlar tarixini yozing (yoki kompaniyalardagi insonlarni).
Bunda ular mahsulotingizdan qanday foydalanayotgani, hayoti qanday oʻzgargani, ular nimaga erishganini yozing. Buni OAVda yoki shaxsiy kanallarda joylashtirib boring.
PRda storitellingga misol.
63-vazifa
Kursimizdan ilhomlanib, tarmoq va hamkasblaringiz uchun qanday foydali material qilishingiz mumkinligini oʻylang. Bu yoʻriqnoma, chek-varagʻi va hokazolar boʻlishi mumkin.
Formatni tanlang – matnli yoki grafik, uni qanday tarqatishingizni oʻylang.

64-vazifa
Butun dunyoga mashhur boʻlgan brend haqida kamida 3 ta filmni koʻrishni rejalashtiring va tomosha qiling. Masalan, “Ijtimoiy tarmoq”, “Silikon vodiysi qaroqchilari”, “Jobs. Vasvasa imperiyasi”, “Asoschi”, “Akalar dueli. Adidas va Puma tarixi” va h.k.
Ularning tarixidan ilhomlanib, kuchi nimada boʻlganligini shakllantirib koʻring. Sizning kuchingiz nimada?

65-vazifa
Vazifa yaqinda paydo boʻladi

Kurs ishtirokchilari chatiga kiring
Vazifani aniqlashtirish, koʻrsatma olish, ekspert maslahati
PR mavzularda muloqot qilish, kino, kitoblar va boshqa qiziq mavzularda suhbat
Ishtirokchilar yordami, vazifa, natijalarni muhokama qilish
Tanishlar va netvorking tarmogʻini kengaytirish