ITCOMMS agentligi jurnalistlarning savollariga tayyorlay oladigan AI Media Trainer platformasini ishga tushirdi
- 6 days ago
- 2 min read
ITCOMMS PR agentligi AI media-trenerni taqdim etdi — bu top-menejerlar, kompaniya asoschilari va davlat xizmatchilariga jurnalistlar bilan intervyularga tizimli ravishda tayyorgarlik ko‘rish va kommunikatsion xatarlarni kamaytirishga yordam beruvchi vositadir.

Qozog‘iston kompaniyalari va davlat tashkilotlari vakillari tobora, bitta muvaffaqiyatsiz intervyu kompaniya obro‘siga, muzokaralarga hamda bozor va jamiyat ishonchiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo'lgan shunday vaziyatga duch kelishmoqda. ITCOMMS’ning yangi mahsuloti ushbu muammoni OAV bilan haqiqiy muloqotni modellashtirish orqali hal qiladi.
“PR mutaxassisining ishi ko‘pincha rahbarning o‘ziga ishonchi yetarli bo‘lmagani sababli murakkablashadi: u jurnalistlarning savollariga to‘g‘ri javob bera olishiga shubha qiladi va natijada intervyudan voz kechadi. Bu esa PR mutaxassisiga o‘z ishini to‘liq bajarish imkonini bermaydi. Ushbu loyiha orqali biz Markaziy Osiyo va Kavkazdagi kommunikatsiya mutaxassislariga o‘z rahbarlarini ishonch bilan, qo‘rquv va ikkilanishsiz gapirishga o‘rgatishda yordam beramiz”, — deydi ITCOMMS PR agentligi CEOsi Aleksandr Likhtman.
AI media-trener interaktiv intervyu simulyatori sifatida ishlaydi: foydalanuvchi nashr kontekstni va mavzuni kiritadi, shundan so‘ng bot jurnalist rolida suhbatni boshlaydi. U savollar beradi, javoblarni tahlil qiladi va real vaqt rejimida qayerda asosiy mazmun qolayotgani, faktlar yetishmayotgani yoki jumlalar ishonchsiz eshitilayotganini ko‘rsatadi.
Ushbu vosita spikerlarning asosiy muammosi bo'lgan: murakkab savollarga tayyor emaslik, asosiy fikrning noaniqligi, daliliy bazaning yetishmasligi va nozik mavzular bo‘yicha aniq pozitsiyaning yo‘qligi kabi holatlarni hal qilishga yordam beradi. Umumiy tavsiyalar o‘rniga foydalanuvchi har bir javobni yaxshilash bo‘yicha aniq fikr-mulohaza va tavsiyalar oladi. Bot qozoq, rus, o‘zbek va ingliz tillarida ishlaydi.
AI media-trener intervyuga tayyorgarlik vaqtini qisqartiradi va kommunikatsiyani yanada boshqariladigan qiladi. Bu ayniqsa har bir ommaviy bayonot nafaqat imijga, balki biznes natijalariga ham ta’sir qiladigan sharoitda muhim ahamiyatga ega.
“Bot intervyuga tayyorlanayotgan har qanday inson - top-menejerlar, kompaniya asoschilari va davlat tashkilotlari vakillari uchun foydali bo‘la oladi. Har kim undan amaliy foyda topa oladi. Aslida, bu intervyudan oldin siz bilan savollarni mashq qiladigan do‘stga o‘xshaydi, biroq shu bilan birga sizning tajribangizni tahlil qiladi, OAV xususiyatlarini hisobga oladi va savollarni aynan muayyan vaziyatga moslashtiradi”, — deydi ITCOMMS PR menejeri Aleksandr Reymer.
Ushbu vosita allaqachon bepul foydalanish uchun ochiq bo‘lib, undan ham alohida intervyularga tayyorgarlik ko‘rishda, ham jamoalar ichida ommaviy kommunikatsiya ko‘nikmalarini muntazam rivojlantirishda foydalanish mumkin.
Bot havolasi: https://t.me/mediatrainer_bot

