Tadbir o‘tkazish va aqldan ozmaslik san’ati
- Jun 26
- 5 min read
O‘zbekiston mintaqaviy PR va ivent-marketing xaritasida tobora yorqin nuqtaga aylanmoqda. Xalqaro brendlar kirib kelmoqda, yorqin loyihalar ishga tushirilmoqda va yirik konferensiyalar o‘tkazilmoqda. Biroq imkoniyatlar bilan bir qatorda qiyinchiliklar ham yuzaga kelmoqda — ayniqsa tadbirlarni tashkil etishga kirishganlar uchun.
Ba'zida O‘zbekistonda piar-mutaxassisi — bu bir vaqtning o‘zida ham ivent-menejeri, ham muvofiqlashtiruvchi, ham logist, ham inqirozli vaziyatlarda muzokarachi bo‘ladi. Ayniqsa, gap tadbirlar haqida ketganda. Agar bu siz haqingizda bo‘lsa — u holda, ushbu maqola sizga albatta foydali bo‘ladi. Unda ITCOMMS kompaniyasining akkaunt-menejeri Saida Dadaxanova o‘z tajribasi, kuzatuvlari va maslahatlari bilan: "O‘zbekistonda qanday qilib muvaffaqiyatli tadbir o‘tkazish va kutilmagan holatlarga qanday tayyor turish mumkinligi" to'g'risida o‘rtoqlashadi.
Har qanday iventning o‘z maqsadi bor.
Muvaffaqiyatli ivent, maydoncha ijarasi va pudratchi qidirishdan boshlanadi boshlanmy, aksincha mijozga - tadbir nima uchun kerak, u kim uchun mo‘ljallangan va undan keyin nima o‘zgarishi kerak?, degan savollardan boshlanadi.
Faqat taqdimot qilish uchun taqdimot — bu piar emas. To‘g‘ri yondashuv bilan qamrovni kengaytirish, savdoni oshirish, imidjni shakllantirish yoki hamkorlikni rivojlantirish orqali tadbir formati biznes maqsadlariga erishishga xizmat qiladi.

Tayming — hammasining boshi.
IO‘zbekistonda hanuzgacha tadbirlar oldindan tasdiqlangan byudjet asosida,
real xarajatlarni aniq tushunmasdan va oldindan ishlagan smetani qayta ishlab chiqilmasdan tayyorlanadigan holatlarga tez-tez duch kelinadi. Bunday yondashuv logistika muammolariga, pudratchilar tomonidan majburiyatlarning bajarmasligiga va jamoa ichida tushkunlikka olib keladi.
Aniq tayming va byudjet bilan tuzilgan reja - montaj va tozalashdan tortib, soliqlar va favqulodda holatlar uchun zahira mablag‘largacha bo'lgan butun tadbirni saqlab qolishi mumkin. Agar bu rejani hech kim tuzmasa — uni PR-mutaxassisi tuzishi kerak.
PR-mutaxassisi oddiy va tushunarli qog‘ozdagi reja tuzishni bilishi shart.
Shaxsiy taklif
E-mail orqali yuboriladigan xabarlar samarasiz bo‘ladi. Jurnalistlarga esa alohida yondashuv zarur — ko‘p hollarda har biriga individual yondashuv zarur. Bu yerda universal yechim yo‘q, lekin bitta qoida har doim ishlaydi: aloqa qanchalik yaqin va samimiy bo‘lsa, jurnalistning kelish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. O‘zbekistonda shaxsiy taklif — umumiy ro'yxat xabarnomasidagi press-relizdan ko‘ra ancha ahamiyatli.
Yana bir muhim eslatma: welcome-zona — bu faqatgina «pressa» yozuvi tushirilgan stollik emas, balki muloqotga yo‘l ochadigan aloqaning birinchi nuqtasidir. Aynan shu yerda jurnalistlar va blogerlar ivent qanday tashkil etilganligi to'g'risida dastlabki bahoni beradilar. Har bir mayda detal: press-reliz, dastur, Wi-Fi paroli, hattoki rozetkalar joylashuvi hamjisobga olingan bo'lishi kerak.
Hammasi nazorat ostida!
Odatda PR-mutaxassisi — bu tadbir bo‘yicha to‘liq tasavvurga ega yagona inson.Demak, nafaqat tadbirning muvaffaqiyati, balki butun jamoaning «xotirjamligi» ham aynan unga bog‘liq.
Aynan u ro‘yxatga olish zonasi qanday ishlayotgani, jurnalistlar, mehmonlar va spikerlar qanday kutib olinayotganini tekshiradi, hamma narsa ssenariyga muvofiq ketayotganini nazorat qiladi va koordinatorlar hamda pudratchilar bilan doimiy aloqada bo‘ladi. Shuningdek, u har qanday rejada kuzda tutulmagan vaziyatlarga tezkor javob beradi - xoh bu mikrofonning ishdan chiqishi bo'lsin xoh kechikishlar yoki norozilik bildirgan bloger bo‘lisin.
Iventdan so'ng ish davom etadi
Tadbir tugagach, PR-mutaxassisi uchun, aslida, ikkinchi ish vaqti boshlanadi. Barcha nashrlar va eslatmalarni yig‘ish, qamrov ko‘rsatkichlarini qayd etish, Telegram va Instagram’dagi munosabatlarni kuzatish, kimlar kelganini va nima ishlaganini tahlil qilish kerak bo‘ladi.
Eng muhimi esa — bularning barchasini tushunarli va ishonarli hisobotga aylantirishdir.
Bunday post-tahlil mijozga faqat “nima bo‘ldi”ni emas, balki bu nima uchun qilindi va biznesga qanday foyda keltirganini ko‘rsatadi.

Working With Vendors in Uzbekistan
Vendor relationships are an art form. It’s not just about finding the right service provider — it’s about making sure they deliver on the day of the event.
1. Always sign a contract. Verbal agreements and Telegram voice notes won’t protect you.
2. Prepare a clear brief. Include goals, references (what to do and what to avoid), and deadlines.
3. Control and communicate. Ask for progress updates, confirm details early, and never hesitate to clarify expectations. The clearer the communication, the fewer surprises.
Pudratchilar bilan ishlash
O‘zbekistonda pudratchilar bilan ishlash — bu haqiqiy san’at. Bu yerda faqat yaxshi mutaxassislarni topishning o‘zi yetarli emas, balki jarayonni shunday tashkil qilish kerakki, tadbir kuni sizga pand berib qo'ymasinlaryar. Dastlabki va eng muhim qoida: faqat shartnoma asosida ishlang. Og‘zaki kelishuvlarga va Telegram’dagi ovozli xabarlarga umid qilmang.
Ikkinchisi: aniq texnik topshiriq. Unda maqsadlar, vazifalar, misollar (qanday bo‘lishi kerak/qanday bo‘lmasligi kerak) va muddati ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Pudratchiga, undan siz nima hohlayotganingizni va qachonga hohlayotganingizni aniq tushunarli bo'lishi kerak.
Uchinchisi: nazorat va muloqot. Pudratchidan har bir bosqich uchun hisobot so‘rang, barcha detallarga oldindan aniqlik kiring va savollar berishdan tortinmang. Jarayon qanchalik shaffof bo‘lsa, ivent kuni kutilmagan holatlar shunchalik kam bo‘ladi.
Ivent-industriya salohiyati
O‘zbekistonda yildan-yilga brendlar, ommaviy axborot vositalari, agentliklar va mutaxassislar soni ortib bormoqda. Shu bilan birga sifatli tadbirlar - ishbilarmonlik kechalari, xayriya tashabbuslari, madaniy va ta’lim formatlariga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda. Bunday har bir loyiha puxta o‘ylangan PR va ivent-hamrohlikka muhtoj.
Eng asosiysi — bozor tajriba o‘tkazishga tayyor. Noan’anaviy formatlarni taklif qilish mumkin — masalan, podkast jonli yozuvi bilan press-nonushta yoki rassom bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirlar.
Brendlar faol ravishda blogerlar bilan ishlamoqda, madaniy muassasalar bilan kross-integratsiyalar yaratmoqda va zerikarli korporativga o‘xshamaydigan yangi formatlarni izlashmoqda.
Bugungi kunda biznesning talabi — bu shunchaki chiroyli bir kechani emas, balki tizimli yondashuv - mediaplan, doimiy hamrohlik, brend maqsadlari bilan integratsiyani anglatadi. PR-mutaxassisdan oddiy yordamni emas, balki to‘liq jarayonni kutishmoqda.

O‘zbekistonda e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan jihatlar
1. Hammasi deyarli tanishlar orqali: O‘zbekistondagi ivent-PR sohasida hanuzgacha shaxsiy aloqalar asosiy rol o‘ynaydi. Bu yerda ko‘p narsa tavsiyalar va kerakli aloqalar orqali hal qilinadi. Shu sababli ishonchli munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolish — eng muhim kapital hisoblanadi.
2. “Saraфan” (ogʻzaki reklama) saytga qaraganda koʻproq narsa hal qiladi: obroʻ - aksariyat hollarda norasmiy muloqotlar va shaxsiy suhbatlarda shakllanadi. Bitta muvaffaqiyatsiz tadbir — va bu haqda butun soha hamjamiyati, pudratchilar darrov eshitishadi. Shuning uchun obro‘ni faqat LinkedIn’da emas, balki oflayn muhutda ham doimiy ravishda nazorat qilish muhim.
3. Davlat sektori — alohida ekspertiza talab qiladi: matnni kelishish haftalab vaqt olishi mumkin. Bu sohada ichki ierarxiyani, tashqi koʻrinish va hisobotlarga bo‘lgan qat’iy talablarni tushunish muhim. Buning evaziga esa — barqaror loyihalar va portfoliyoyingizda yuqori maqomli lotihalar bo‘ladi.
4. Mintaqalar — bu alohida olam: Toshkentda ishlagan format Buxoro yoki Nukusda ish bermasligi mumkin. Bu yerda mahalliy aloqalar, madaniy nozik jihatlarni tushunish va formatga moslashuvchanlik juda muhim hisoblanadi.
Xulosa qilamiz
O‘zbekistonda tadbir tashkil etish — bu tizimli yondashuv va sabr-toqatni talab qiladigan jarayon. Quyidagi asosiy tavsiyalarni eslab qoling:
Tadbir maqsadini aniqlang. Format biznes vazifalariga mos bo‘lishi kerak.
Batafsil reja va tayming tuzing. Tayyorgarlikdan boshlab yakunga qadar barcha bosqichlarni yozib chiqing — byudjet va xatarlarni ham inobatga oling.
Hamma narsani yozma ravishda tasdiqlang. Ssenariy, texnik topshiriq, kelishuvlar — barchasi hujjatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Pudratchilar bilan faqat shartnoma asosida ishlang.
Shaxsiy taklifnomalarni puxta o‘ylab chiqing.
Welcome-zona tashkil qiling: dastur, materiallar, yo‘naltiruvchi belgilar va texnik qulayliklar bo‘lishi kerak.
Tadbir davomida jarayonni nazorat qiling.
Post-analitika olib boring va barcha eslatmalarni to‘plang.
Mahalliy xususiyatlar va madaniyatni inobatga oling.
PR-mutaxassisning asosiy ko‘nikmasi — bu shunchaki tadbir tashkil qilish emas, balki biznes maqsadlarni, tadbirlar va kommunikatsiya formatlariga aylantirish qobiliyatidir.
Yaxshi mutaxassis - agar maqsad — savdoni oshirish bo‘lsa, unda furshet emas, balki jonli mahsulot taqdimoti va hamkorlar bilan uzluksiz ishlash zarur ekanligini tushunadi. Agar maqsad — mijoz sadoqatiga erishish bo‘lsa, unda his-tuyg‘ular, ishtirok, va to'g'ridan-to'g'ri aloqa muhim.
Maqsadga mos formatni tanlay olish — ijrochini strategik mutaxassisdan ajratib turadigan jihatdir.